Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






253 nafar O‘zbekiston fuqarolari charter reysda AQShdan olib kelindi
29.08.2020 09:19,  
88

Bir guruh fuqarolarimiz Nyu-Yorkdan Vatanga muvaffaqiyatli etib keldi.

Yettinchi marotaba tashkil etilgan maxsus reys bilan O‘zbekistonga 264 yo‘lovchi, shu jumladan, 12 nafar yangi tug‘ilgan bola bilan birga 253 nafar O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek 11 nafar AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi xodimlari o‘z oila a’zolari bilan olib kelindi.

O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida AQSh-Kanada chegarasi vaqtincha yopilishi munosabati bilan konsullik xodimlari Toshkent-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslari bilan Kanadadan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosini olib kelishda ham yordam bergan.

28 avgust holatiga ko‘ra navbatdagi charter reyslarida O‘zbekistonga qaytishni kutayotgan fuqarolarning umumiy soni 90 kishini tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun-avgust oylari davomida Amerika qit’asidan 1672 nafar O‘zbekiston fuqarosi va 56 ta xorijiy davlat fuqarolari olib kelindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан