2ta OTM buxgalteriya xodimlari tomonidan 22,5 mlrd so‘m o‘zlashtirilganligi aniqlandi

2ta OTM buxgalteriya xodimlari tomonidan 22,5 mlrd so‘m o‘zlashtirilganligi aniqlandi

Hisob palatasining 2021 yildagi nazorat ishlari rejasiga muvofiq Oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning natijadorligi hamda 2017-2020 yillarda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanganligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilmoqda.

Masofaviy nazorat natijasida kuzatilgan shubhali holatlar joyiga chiqib o‘rganilganda, 2 ta Oliy ta’lim muassasida 22,5 mlrd so‘m mablag‘larni o‘zlashtirilganligi aniqlandi.

Jumladan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida hisoblangan ish haqi va stipendiyalarga nisbatan bankdan ortiqcha olingan 21,0 mlrd so‘m naqd pullar buxgalteriya xodimlari tomonidan qalbaki vedomostlarni tuzish orqali o‘zlashtirilgan.

Xuddi shunday, Jizzax politexnika institutida 1,5 mlrd so‘m mablag‘lar plastik kartochkaga o‘tkazish orqali o‘zlashtirilgan.

Buxgalteriya xizmati mas’ullari tushinitirish xatlarida yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘larni o‘zlashtirganliklarini ko‘rsatib o‘tgan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar o‘zlashtirilgan mablag‘larni o‘z joyiga tiklash va huquqiy baho berish uchun belgilangan tartibda Bosh prokuraturaga yuborildi.

"Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligida nazorat tadbiri davom ettirilmoqda, yakuniy ma’lumotlar bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi", deyiladi xabarda.