Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






3-divizion klubi "Real"ni Ispaniya kubogidan chiqarib yubordi
21.01.2021 09:01,  
120

Ispaniya kubogi 1/16 final bosqichi doirasida "Alkoyano" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, birinchi taym so‘ngida Eder Militao jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Marseloning uzatmasini yana bir braziliyalik darvozaga yo‘lladi. Ushbu goldan keyin biroz xotirjamlikka berilgan madridliklar 80-daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Gol muallifi Xose Solbes.

Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmagach, hakam qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. Mehmonlar ustozi zaxiradan o‘zi ishongan shogirdlarini maydonga tashlaganiga qaramay, mezbonlar raqib darvozasini 115-daqiqada ikkinchi bor aniq nishonga oldi va yakunda g‘alabani tantana qildi.

Shu tariqa, "Real" o‘z yurishini 1/16 final bosqichida to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Ma’lumot uchun,"Alkoyano" klubi B Segundada ishtirok etadi. Ushbu liga Ispaniyada tartibi bo‘yicha 3-o‘rinda turadi.

Alkoyano – Real Madrid 2:1

Gollar: 0:1 – 45 Militao, 1:1 – 80 Solbes, 2:1 – 115 Xuanan.
Alkoyano – Figeras, Xuanan, Karbonel (Molto, 60), Anxel Lopes, Rubio (Ramon Lopes, 72), Ferris, Raul, Niges (Diakite, 78), Sanches (Serda, 60), Murad (Anton, 105), Mexiya (Solbes, 60).

Real Madrid – Lunin, Marselo, Odriosola (Azar, 98), Viktor Chust, Militao, Isko (Kroos, 98), Kazemiro, Vaskes, Valverde, Vinisius Junior (Asensio, 90), Mariano Dias (Benzema, 67).

Ogohlantirish: Sanches (32), Xuanan (34), Mariano Dias (58), Odriosola (78), Ferris (90), Ramon Lopes (103), Lunin (116).

Chetlatish: Ramon Lopes (110).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан