Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Noma’lum fuqaro 300 million so‘mlik telefonlarni oqizishga urindi
2.03.2021 19:50,  
720

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Farg‘ona tumanida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Davlat Bojxona qo‘mitasi.

Tezkor tadbirda  “Kaptiva” rusumli avtotransport vositasida ketayotgan shaxs bojxonga xodimlari tomonidan kuzatuvga olinganini sezib qoladi va zudlik bilan avtomashinadagi 7 dona qog‘oz qutilarini shu atrofdagi ariqqa oqizishga, o‘zi esa voqea joyidan yashirinishga urinadi.

Bu esa bejiz emas ekan. Ariqqa oqizib yuborilgan qutilar olinib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu qutilarda bojxona nazoratini chetlab aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi bironta ham hujjatlari bo‘lmagan 6 turdagi 158 dona telefonlar borligi aniqlandi.

Ularning umumiy qiymati 300 mln. 600 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан