Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda 35.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayollar qo‘lga olindi
4.10.2021 08:09,  
755

2021 yil 28 sentyabr kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 28 sentyabr kuni soat 10:00 larda yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma’lum shaxs, hovlisiga ochiq qolgan darvozaxonasi orqali kirib, yotoqxonasida bo‘lgan umumiy narxi 35.000.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum kilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili va TB tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1987, 1989, 1987 hamda 2007 yilda tug‘ilgan ayollar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 sentyabr kuni O‘z.R JKNing 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан