Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






50 foizlik chegirma beriladigan xizmatlar ro‘yxati (to‘liq ro‘yxat)
8.11.2021 22:01,  
367

2021 yil 1 noyabrdan «Elektron hukumat» tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 50 foizlik chegirma beriladi. 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) va Davlat xizmatlari markazi orqali ko‘rsatiladigan 50 foizlik chegirmaga ega xizmatlar ro‘yxati ham tasdiqlangan. 

Jumladan: 

1. Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish

2. Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish

3. Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish

4. Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish

5. Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish

6. Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobga qo‘yish

 7. Xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun elektron ariza yuborish

8. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun qayta elektron ariza yuborish

9. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirganlik haqida ma’lumotnomani olish

10. Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani olish

11. O‘lim ro‘yxatga olinganligi haqida ma’lumotnomani olish

12. Otalik belgilanganligi haqidagi ma’lumotnomani olish

13. Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish

14. Narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish

15. Xususiy notarial faoliyatni amalga oshirish uchun yangi litsenziya olish

16. Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchisi uchun oliy malaka toifasini olishga ariza yuborish

17. Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish

18. Sport-ta’lim muassasalarining yo‘riqchi-uslubchisi uchun oliy malaka toifasini olishga ariza yuborish

19. Sport-ta’lim muassasalarining yo‘riqchi-uslubchisi uchun birinchi yoki ikkinchi malaka toifasini olishga ariza yuborish

20. Yashash joyiga doimiy ro‘yxatga turish uchun ariza yuborish

21. Xususiy notarial faoliyatni amalga oshirish litsenziyasini qayta rasmiylashtirish

22. Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish

23. Baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish

24. Rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish

25. Malaka sertifikati muddatini uzaytirish uchun baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish

26. Malaka sertifikati muddatini uzaytirish uchun rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish

27. Kredit tarixini olish

28. Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish ruxsatnoma

29. Yovvoyi o‘simliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun yangi ruxsatnoma olish

30. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga ruxsatnoma

31. Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish

32. Ob’yektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma

33. Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish

34. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda, Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini yig‘ish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnoma

35. Davlat o‘rmon fondiga kiradigan yerlarda Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini yig‘ish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnoma

36. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

37. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olish

38. 20 kVt dan yuqori bo‘lmagan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

39. 1,2 MPa bosimdan yuqori bo‘lmagan gaz tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish

40. Issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

41. 20 kVt dan yuqori bo‘lgan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

42. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish ob’yekti uchun)

43. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish

44. Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

45. Ko‘chmas mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish

46. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani olish

47. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomaning muddatini uzaytirish

48. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani qayta rasmiylashtirishga ariza berish

49. Tovar belgisini arizachi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza yuborish

50. Kadastr pasportini shakllantirish

51. Elektr energiyasi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish (yechish va ulash bilan birga)

52. Ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish (yechish va ulash bilan birga)

53. Issiq suv hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish (yechish va ulash bilan birga)

54. Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma olishga ariza yuborish

55. Gidrogeologik xulosa olish

56. Pochta yuborish

My.gov.uz manzilida ushbu imtiyozlardan qulay vaqtda – 24 soat davomida elektron foydalanish imkoniyati mavjud.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан