Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






504 nafar bemorning jins, yosh va hudud bo‘yicha ma’lumotlari ochiqlandi
7.04.2020 17:17,  
5241

Koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 504 nafar bemorlarning 212 nafari erkak, 292 nafari ayollardir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Bemorlarning yoshi:

0-9 yoshgacha – 20 nafar (4%);
10-19 yoshgacha – 29 nafar (5,8%);
20-29 yoshgacha – 84 nafar (16,7%);
30-39 yoshgacha – 132 nafar (26,2%);
40-49 yoshgacha – 137 nafar (27%);
50-59 yoshgacha – 72 nafar (14,3%);
60-69 yoshgacha – 22 nafar (4,4%);
70-79 yoshgacha – 7 nafar (1,4%);
80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,2%)ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan 194 nafar bemor Toshkent shahrida davolanmoqda. Shuningdek,

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16,
Andijon viloyatida 61,
Buxoro viloyatida 84,
Namangan viloyatida 51,
Farg‘ona viloyatida 70,
Xorazm viloyatida 18,
Qashqadaryo viloyatida 6,
Navoiy viloyatida 2,
Samarqand viloyatida 1,
Jizzax viloyatida 1 nafardan

bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda.

Shu o‘rinda aytish kerakki, laborator tahlillar natijasida kasalligi aniqlangan fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar karantinda bo‘lgan hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga davolash uchun o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.

Shu kunga qadar 30 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aygan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан