Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






80 kunlik karantindan so‘ng O‘zbekistonda masjidlar ochildi (foto)
8.06.2020 09:15,  
259

Bugun, 8 iyundan «yashil» hududlarda joylashgan masjidlar o‘z faoliyatini boshladi. Jomelarda erta tongdan kelgan namozxonlar ijtimoiy masofani saqlagan holda bomdod namozini ado etdilar. Shu bilan “yashil” hududlarda karantin mezonlariga amal qilgan holda fayzli ibodatlar boshlandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

Xalqimiz boshga tushgan sinovlarni “Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir”, degan oyati karimaga amal qilib, chiroyli sabr ila yengib o‘tmoqda. Chindan ham, har qaday qiyinchilik ortida yengillik borligini aholimiz o‘z faoliyatini qaytadan boshlayotgan jomelarimiz misolida yaqqol his etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, “sariq” va “qizil” hududlar “yashil” hududga o‘tgunga qadar bir oz sabr qilamiz, kelgusida u yerlarda ham masjidlar faoliyatiga ruxsat etiladi, insha Alloh, deyiladi idora xabarida.

Quyida o‘lkamizdagi masjidlarda karantin davridagi 80 kundan so‘ng ilk bomdod namozidan olingan fayzli lahzalar, namozxonlarning yuz-ko‘zidagi mamnunlikni ko‘rishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан