Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






91 nafar «Bilayn» ishchisi, Seuldan kelgan 127 nafar fuqaro Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi
11.05.2020 23:39,  
443

Toshkent viloyati hokimligi koronavirus infeksiyasiga qarshi olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida 2020 yil 11 may soat 20:00 holatiga ko‘ra axborot berdi.

Unda aytilishicha, Yuqori Chirchiq karantin poligonida COVID-19 aniqlangan 4 nafar fuqaro davolash muassasalariga  o‘tkazildi.

G‘isht ko‘prik chegara postidan o‘tgan 218 nafar fuqarodan 214 nafari Yuqori Chirchiq karantin poligoniga, 3 nafari Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi.

Tez tibbiy yordam avtomashinalarida 34 nafar fuqaro Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi.

91 nafar «Bilayn» kompaniyasi ishchilari Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi.

Parkent tumanidan uy karantinida bo‘lgan 45 nafar fuqaro Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi.

Seul –Toshkent Charter reysidan 127 nafar fuqaro Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirildi.

Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida 1 nafar bemorda COVID-19 aniqlanligi sababli Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazildi.

Piskent tumanidan 10 nafar hamshira, 5 nafar kichik tibbiy xodimlar Yuqori Chirchiq karantin poligoniga safarbar qilindi.

Yangiyo‘l shahar dehqon bozorida faoliyat yuritayotgan 220 nafar fuqarodan COVID-19ga analiz olindi.

Quyi Chirchiq  TTBdan 1 nafar fuqaro Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborildi.

Yuqori Chirchiq hamda O‘rta Chirchiq tumanidan nevropatolog, travmatolog, kardiolog, ginekolog, gastroenterolog Yuqori Chirchiq karantin poligoniga fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuborildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан