Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulla Aripov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi
24.05.2021 11:01,  
187

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 24 may kuni 60 yoshni qarshilagan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi, deb xabar beradi O‘zA.

rezident farmonida bosh vazirning davlat idoralaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiy qudratini yuksaltirish, muhim strategik loyihalarni hayotga tatbiq qilish borasidagi ulkan xizmatlari, ibratli faoliyati ta’kidlab o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov (1961 yilda tug‘ilgan) Prezidentning sentyabrdagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasida Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari etib tayinlangan edi.

Ungacha 10 yildan ziyodroq muddat davomida — 2002 yil mayidan 2012 yil avgustiga qadar bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Bir vaqtning o‘zida 2005−2009 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.

2016 yilning dekabridan beri Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан