Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘oniston AQShdan mamlakatni qurol-yaroqlar va texnikalarsiz tark etishni talab qilmoqda
25.04.2021 19:33,  
475

Afg‘oniston hukumati AQSh va NATOdan mamlakatni qurol-yaroqsiz va texnikalarsiz mamlakatni tark etishni talab qilgan. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda mahalliy "Ariana News" telekanali.

«Bizga bu qurollar kerak va biz ularni AQSh bizga topshirishini istaymiz», deydi vazirlik vakili. Ta’kidlanishicha, NATO missiyasi qo‘mondonligi qurol-yaroqlar va texnikalarni afg‘on rasmiylariga topshiradimi yoki yo‘qligini hali ma’lum qilmagan.

Ayni paytda telekanal o‘z manbalariga tayanib Afg‘oniston hukumati va NATO missiyasi qo‘mondonligi qurol-yaroqlar va texnikalar hamda harbiy bazalarni afg‘on harbiylariga topshirish bo‘yicha ishchi guruh tuzilganini xabar qildi.

Joriy yilning 14 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi 1 maydan 11 sentabrga qadar davom etishini ma’lum qildi.

U bu qarorni AQSh va Yevropa davlatlarining harbiy kuchlari barqaror afg‘on hukumatini yarata olmaydi va saqlab tura olmasligi bilan izohladi. Keyin qolgan NATO mamlakatlari ham ushbu davlatdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga qaror qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан