Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Afg‘oniston xalqi qaysi hokimiyatni ma’qul topsa, O‘zbekiston o‘sha bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishi kerak» — Bahrom Abduhalimov
8.09.2021 23:46,  
60

8 sentyabr kuni «Adolat» partiyasining navbatdagi qurultoyidan keyin prezidentlik saylovlariga nomzodi qo‘yilgan Bahrom Abduhalimov OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning tashqi siyosati keyingi vaqtlarda dunyo tomonidan katta e’tiroflarga sazovar bo‘lyapti.

«Biz hammamiz bilamiz, bir necha yil avval O‘zbekiston haqida gapirilganda, islohotlarni yoqtirmaydigan, asta-sekinlik bilan harakat qiladigan davlat tasavvur qilinardi. Keyingi vaqtlarda, buni aniq aytish kerak, O‘zbekiston islohotlar bo‘yicha lider mamlakatlardan biriga aylandi. Qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish bu juda yaxshi g‘oya», — deydi u.

Uning fikricha, bu siyosatni davom ettirish kerak.

«Chunki hammamiz bilamiz, bir-birimiz bilan xuddi arazlagandek edik. Men qo‘shnilarning nomlarini nomma-nom aytib o‘tirmayman, lekin siyosiy nuqtai nazardan munosabatlari og‘ir edi va bu xalqlar orasidagi munosabatlarga ham ta’sir qilardi», — deya qo‘shimcha qildi Bahrom Abduhalimov.

Ta’kidlanishicha, o‘zgarishlar natijasida hozir mintaqadagi 5 davlat xalqlari bir-biri bilan do‘st-birodarga aylangan. Bahrom Abduhalimov Afg‘oniston masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Afg‘oniston masalasida, men o‘zim sharqshunosman, ko‘p yillar Afg‘oniston masalasi bilan shug‘ullanganman, nafaqat Afg‘onistonga, butun dunyo tomonidan e’tirof etilgan xalqaro tamoyillar bor. Bu — ichki ishlariga aralashmaslik masalasi. Nima bo‘lganda ham, afg‘on xalqi o‘zining taqdirini o‘zi hal qilishi kerak. Va Afg‘oniston xalqi nimani, qaysi hukumatni tavsiya qilsa, qaysi hukumat bilan aloqa qilishni munosib, deb topadigan bo‘lsa, mening nazarimda, O‘zbekiston yaqin qo‘shni sifatida ular bilan muloqotga kiradi», — deydi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston Afg‘oniston bilan, «Tolibon» bilan o‘z vaqtida hech kim ishonmagan taqdirda ham, qaysidir ma’noda bu jarayonlarga qo‘l urgan, boshlagan.

«Shu sababdan hozir hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon»ni ham qo‘shni mamlakatlarga, xususan, O‘zbekiston bilan munosabatlarga faqat hamkorlik nuqtai nazardan qaralyapti. Afg‘oniston xalqi qaysi hokimiyatni ma’qul topsa, O‘zbekiston o‘sha bilan muloqotini yo‘lga qo‘yishi kerak», — dedi «Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан