Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aleksandr Lukashenkoning Olimpiada o‘yinlariga tashrif buyurishi taqiqlandi
8.12.2020 16:58,  
198

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinadigan barcha tadbirlarda ishtirok etishi taqiqlandi. Bu haqda qo‘mita prezidenti Tomas Baxga tayanib, «TASS» xabar berdi.

Taqiq Olimpiada o‘yinlariga ham taalluqli bo‘ladi. Hozircha mazkur chora vaqtinchalik hisoblanadi. Baxning so‘zlariga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko rahbarlik qiladigan Belarus Milliy olimpiya qo‘mitasining hozirgi rahbariyati sportchilarni siyosiy kamsitishdan himoya qilmaydi.

Kelgusi Olimpiada o‘yinlari 2021 yilning yozida Tokioda bo‘lib o‘tishi kerak. O‘yinlar koronavirus pandemiyasi sababli bir yilga qoldirilgandi.

Belarusda 9 avgustdagi prezidentlik saylovidan keyin boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari to‘rt oydan buyon davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан