Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aleksey Navalniy 3,5 yilga qamaldi
3.02.2021 09:33,  
276

Moskva shahar sudi yaqinida Navalniyning tarafdorlari to‘plandi, politsiya sud binosi atrofidagi bir nechta ko‘chani to‘sib qo‘ydi. Ma’lumot berilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 19:50da 350dan ortiq kishi qo‘lga olingan.

Moskvaning Simonovskiy sudi Aleksey Navalniyga nisbatan «Iv Roshe» ishi bo‘yicha chiqarilgan shartli jazo muddatini bekor qildi va unga 3,5 yilni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tash jazosini tayinladi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

 Xabarda aytilishicha, sud Navalniyning «Iv Roshe» ishi bo‘yicha tergov davomida uy qamog‘ida o‘tkazgan sakkiz oy muddatni chiqarib yuborgan. Bunda bir kunlik uy qamog‘i koloniyaning bir kuniga teng deb hisoblandi. Hukm kuchga kirsa, Navalniy 2 yil-u 8 oyni koloniyada o‘tkazadi.

Sud majlisida jurnalistlar va Navalniyning turmush o‘rtog‘idan tashqari Yevropaning yigirmaga yaqin mamlakatidan diplomatlar qatnashdi. Kreml va tashqi ishlar vazirligi buni Rossiyaning ichki ishlariga aralashish deb baholadi.

Moskva shahar sudi yaqinida Navalniyning tarafdorlari to‘plandi, politsiya sud binosi atrofidagi bir nechta ko‘chani to‘sib qo‘ydi. «OVD-Info»ning ma’lumot berishicha, mahalliy vaqt bilan soat 19:50da 350dan ortiq kishi qo‘lga olingan.

Navalniyga nisbatan shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilishni haqiqiy jazoga almashtirish bo‘yicha taqdimnomani Moskva shahar jazoni ijro etish muassasalari federal xizmatining 15-jinoyat-ijro inspeksiyasi filiali boshlig‘i Aleksandr Yermolenko kiritdi. Uning bildirishicha, Navalniy 2020 yil davomida «uzrli sabablarsiz» kamida yetti marta belgilangan kunlarda qayddan o‘tish uchun kelmagan, ya’ni nazoratdan qochgan.

Inspeksiya Navalniy 21 avgustdan 23 sentyabrgacha Berlindagi «Sharite» klinikasida davolanishda bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan. OAV va Navalniyning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, u «Berlinda erkin harakatlangan, intervyular bergan, ammo jinoyat-ijro inspeksiyasi bilan aloqaga chiqmadi, deya ko‘rsatma bergan Yermolenko.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан