Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Qodirov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini UzAuto Motors obro‘siga putur yetkazishda aybladi
21.12.2020 11:10,  
563

U sudda yutqazgan qo‘mita vakillarini parlamentga chaqirib, so‘roq qilmoqchi.

UzAuto Motors kompaniyasi bilan sudlashuvda yutqazgan Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi ushbu masalada «Milliy tiklanish» partiyasi deputatlari oldida hisob berishi mumkin.

Partiya raisi Alisher Qodirov qo‘mita rasmiysi bilan tortishuvidan keyin shunday deb e’lon qildi.

Aksilmonopoliya qo‘mitasining hisoblashicha, «UzAuto Motors» AJ shu yil bahorda avtomobil narxlarini asossiz oshirgan. Ammo qo‘mitaning narxlarni tushirish bo‘yicha monopolist korxonaga qo‘ygan talabini sudlar rad etmoqda.

Deputat Qodirov, bu sudlashuv sababli O‘zbekiston iqtisodiyoti va UzAuto Motors obro‘siga zarar yetgan va qo‘mita bu zarar uchun javob berishi kerak, deb hisoblamoqda.

«Monopoliya qo‘mitasi avtosanoatda qaror qanday qabul qilinishidan bexabarligi (sud qarori shu xulosani chiqarishga asos bo‘lmoqda) O‘zbekiston iqtisodiyoti va UzAuto Motors kompaniyasining xalqaro reputatsiyasiga qancha zarar yetkazganini hisoblash va javob tayyorlash qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosarini kim masalani ko‘proq tushunishini o‘lchashdan ko‘ra ko‘proq o‘ylantirishi kerak, aslida.

Partiya tomonidan sud jarayonlari yakunlanishi bilan Monopoliya qo‘mitasining ushbu masalada eshituvini tashkil qilish va tegishli xulosalar chiqarish bo‘yicha taklif tayyorlanadi», – deya yozdi Alisher Qodirov Telegram'dagi kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Aksilmonopoliya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Karimov 7 dekabr kungi matbuot anjumanida aytgandiki, UzAuto Motors narxlarni «asossiz oshirishi»ni to‘xtatishning faqat bitta yo‘li bor – boj to‘lovlarini kamaytirish.

«Agar shu narsa hal bo‘lmasa, UzAuto Motors ishini har yili ko‘rib chiqishimiz, sudda yutishimiz ham mumkin. Biroq bu natija bermaydi, buning davosi — bozorda raqobatni paydo qilish», – degandi u.

Uning bu bayonotiga «Milliy tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirov munosabat bildirgandi.

«Boshidan buyon takrorlanib kelayotgan fikr aynan shu. Yo‘nalish ham aynan shu: O‘zbekistonni Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi orqali aynan shu raqobat muhitini shakllantirish ustida ishlanmoqda, tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shu fikrga kelish uchun shuncha shovqin, shuncha populizm... Kimlardir mashhurroq bo‘lgandir, O‘zbekiston yutmadi», – deya reaksiya bildirgandi deputat.

Bunga javoban Bobur Karimov siyosatchining gaplaridan hayratga tushganini bildirgan.

«Butun boshli bir partiyaning rahbari, ozgina bo‘lsa-da, gapiradigan mavzusini tushunsa, barcha uchun manfaatli bo‘lardi», – degan edi u.

Bobur Karimovning ushbu so‘zlaridan bir kun o‘tib, Alisher Qodirov yuqorida aytib o‘tilganidek qo‘mitadan hisob so‘rashini aytib chiqdi.

Qayd etish lozim, «Milliy tiklanish» partiyasi rahbarining UzAuto Motors'ni tanqidlardan himoya qilishi birinchi marta emas. U 2020 yil mart oyida, avtomobillar narxi oshgan paytda ham aksar jamoatchilik fikriga qarshi bo‘lgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан