Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Qodirov avtosanoatni to‘xtatib, xorijdan avtomobil olib kelishni taklif qilganlarni soxta xalqparvarga chiqardi
11.12.2020 12:26,  
505

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Karimovning UzAuto Motors monopoliyasiga qarshi kurashish haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.

Avvalroq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Karimov UzAuto Motors monopoliyasiga qarshi kurashishning yagona yo‘li — kirib kelayotgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovini pasaytirish deya ta’kidlagan edi.

«Boshidan buyon takrorlanib kelayotgan fikr aynan shu. Yo‘nalish ham aynan shu: O‘zbekistonni Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi orqali aynan shu raqobat muhitini shakllantirish ustida ishlanmoqda, tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shu fikrga kelish uchun shuncha shovqin, shuncha populizm… Kimlardir mashhurroq bo‘lgandir, O‘zbekiston yutmadi», — deydi Alisher Qodirov.

O‘zA muxbiri u bilan bog‘lanib, kimlarni populist deb atagani va nimada O‘zbekiston yutqazganiga oydinlik kiritgan. Alisher Qodirovning ta’kidlashicha, xorijdan avtomobil olib kelishni taklif qilayotgan «xalqparvar»lar nafaqat siyosatni, balki iqtisodiyotni ham tushunmaydi.

«Mintaqada avtosanoatni shakllantirish uchun ozmuncha mehnat qilinmadi. Biznes talablari o‘z vaqtida bu loyihani foyda keltirmaydi, deb hisoblagan. To‘lov qobiliyati past bo‘lgan davlatlarda avtosanoat yashab ketolmaydi. Avtosanoat davlatlarni ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham intellektual kuchli qiladigan tarmoq. Kuchli davlatlar bu tarmoqni inqiroz paytlarida bekorga qo‘llab-quvvatlashmaydi. Masalan, Rossiyada eng og‘ir iqtisodiy inqiroz holatida ham ‘AvtoVAZ’ yo‘q qilib yuborilmadi. Buni tushungan tushunadi. O‘zbekistonda avtosanoatni yo‘q qilib, xorijdan avtomobil olib kelishni yo‘lga qo‘yishni ‘xalqparvar’ taklif sifatida ilgari surganlar nafaqat siyosatni, balki iqtisodni ham tushunmasa kerak», — dedi quyi palata spikeri o‘rinbosari.

«Odamlarga yaxshilik qilayotgandek ko‘rinayotgan bu g‘oyalar ostida O‘zbekistonga yomonlik yotibdi. ‘Dunyoning qayerida yashasam ham qornim to‘q bo‘lsa bo‘ldi’, deb yashaydigan kosmopolitik qarash egalariga bu masala, albatta, kulgilidir. O‘zbekistondagi monopoliyalarning hammasi, jumladan, UzAuto Motors ham O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lganidan keyingi ochiq va kuchli raqobatga tayyor bo‘lishi kerak. Buning uchun juda ko‘p yig‘ilib qolgan muammolar bartaraf etilayotganini ko‘rib turibmiz. Yillab yig‘ilgan masalalar bir necha yilda hal bo‘lib qolmaydi. Olib borilayotgan islohotlarning mazmuni ham shunda», — deya qo‘shimcha qiladi Alisher Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, bosh vazir Abdulla Aripov 12 oktyabr kuni axborot muhiti, matbuot kotiblarining samaradorligi, ularning axborot bilan ishlash faoliyatidagi muammo va kamchiliklar hamda boshqa masalalar muhokama qilingan yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda hukumat rahbari Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipovni tanqid qilgan va qo‘mitaning UzAuto Motors kompaniyasiga qarshi harakatlarini populistik deb atagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан