Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Usmonov Namanganda Xalqaro biznes markazi quradi
16.11.2020 18:48,  
268

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Namangan shahrining Amir Temur ko‘chasidagi sobiq “Kichkintoylar bog‘i”da bo‘ldi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi.

6 gektarni egallagan mazkur hududda UMS Holding asoschisi, tadbirkor Alisher Usmonov tomonidan Xalqaro biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu markaz Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sog‘lomlashtirish inshootlarini o‘z ichiga oladi. Sun’iy ko‘llar, favvoralar, avtoturargohlar barpo etiladi. 

- Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Bu yerda kelgusida xalqaro simpoziumlar, biznes-forumlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shu orqali Namanganga investitsiyalar kirib kelishi jadallashadi, biznes-turizm uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur markaz Namanganning o‘ziga xos brendiga aylanadi, - dedi viloyat hokimi. 

Shavkat Abdurazzoqov qurilish olib borilishi rejalashtirilgan hududda obodonlashtirishga e’tibor qaratish, kotlovan (poydevor yotqizish uchun qazilgan chuqur - tah.) atrofida xavfsizlik masalalarini ko‘zdan qochirmaslik zarurligini ta’kidladi. 

Xalqaro biznes markazi barpo etiladigan manzilda Qur’on tilovat qilinib, jonliq so‘yildi. Boshlanayotgan ishlarga xayr-baraka tilandi, deyiladi ma’lumotda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан