Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amerika “otasi”ning fazilatlari
20.12.2019 10:48,  
1226

Amerika davlatiga asos solgan "Otalar"dan biri bo‘lgan muhim siyosiy va tarixiy shaxs Benjamin Franklik hayotini o‘qib chiqdim. Taniqli yozuvchi Uolter Ayzikson qalamiga mansub bu asardan o‘zim uchun ko‘p ma’lumotlarni kashf qildim. Birgina shaxs misolida AQSh davlati tarixi bilan ham tanishgandek bo‘ldim.

Benjamin Franklin mohir diplomat va siyosatchi bo‘lishdan tashqari qalami o‘tkir yozuvchi ham bo‘lgan ekan. Dastlab bosmaxonalarda oddiy teruvchi bo‘lib ishlaydi. Bu hunarning sir-sinoatlarini o‘rganadi. Keyin esa o‘zi ham Filadelfiyada gazeta va kitob nashriyotiga asos soladi . Shuning ketidan boyib ketadi. Pochta xizmatiga rahbar bo‘lgandan keyin biznesi gullab yashnaydi. O‘ta mehnatkash bo‘ladi va tejamkorona, kamtarona yashaydi. Amerikadagi ba’zi milliarderlar shu sifatni Franklindan olganmikan deyman.

Benjamin Franklin o‘zi dindor bo‘lmasa ham dinning ijtimoiy ahamiyatini juda yaxshi anglagan va undan mohirona foydalangan ekan. Nasroniy xutbachining yakshanbalik nutqlarini gazetasida bosar, to‘plab kitob shaklida chiqarar edi.

Uning dinga munosabati ham o‘ziga xos bo‘lgan. Dinni murakkab nazariyalar, dogmalar to‘plami emas, kundalik amal qilinadigan axloqiy qo‘llanma sifatida ishlatishni yoqlagan ekan. Umuman hamma narsaga amaliy qaragan .

Fan sohasida ham Galiley yoki Nyutondek nazariyotchi emas balki eksperimentlar orqali o‘rgangan kashfiyotchi bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ko‘plab amaliy kashfiyotlar qilgan ekan.

Uning hayoti va faoliyati bilan tanisharkanman, hozirgi kunda bizga ham xuddi shunday yondashuv zarurligini anglayman. Chunki, hayotimizga hech qanday daxli bo‘lmagan murakkab va mavhum aqidaviy ixtiloflarga o‘ralashib qolganmiz. Bunday nizolarni chetga surib, Islomiy ta’limotlarga haqiqiy amal qilib yashasak bo‘lmaydimi? Zotan, quruq aqiydaparastlikdan bir naf ko‘rmayapmiz.

Bu kitobdagi yana bir muhim jihatlardan biri: so‘z erkinligi Amerikada 1700 yillardayoq qadriyatga aylanib ulgurgan ekan. O‘sha paytdagi gazetalarda raqib siyosatchilar bir birining po‘stagini qoqarkan.

Lekin afsuski bizda esa so‘z erkinligi yo‘qolganiga necha asrlar bo‘lib ketdi. Eng quyidan tortib eng yuqorigacha so‘z erkinligini bo‘g‘amiz, muammolarni xaspo‘shlaymiz, palos ostiga yashiramiz. Shuning uchun ham siyosiy tizimlarimiz ham beqaror. Butun xalqning taqdiri birgina shaxsning qosh-qovog‘iga qarab qolgan davrlarda yashadik.

Bizda ochiq munozara qilish madaniyati yo‘q. Kimdir tanqid qilsa darrov dushmanimizga aylanadi. Holbuki, o‘sha paytlardayoq AQShda bir-birini so‘z bilan chaqib olsa ham o‘zaro qirpichoq bo‘lmagan ekan. Muxolif siyosatchilar bir- birining zarbasini ko‘targan, o‘rtachada hamma yutgan. Haqiqat va adolat qaror topib ketavergan ekan.

Menimcha, musulmonlar ham demokratiyani butkul qoralab tashlamay undagi ijobiy mexanizmlardan foydalanishni, o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatishni o‘rganishsa zarar qilmaydi. Hozirgi musulmonlarda tashkilotchilik, liderlik va boshqaruv malakasi o‘ta zaiflashib ketgan. Bitta olim mingta omidan afzal deyiladi. Lekin Franklin hayotini o‘qib mushohada qilarkanman, bitta haqiqiy lider yuzta olimdan afzalga o‘xshab qolmoqda. Chunki, murakkab va qaltis vaziyatlarda shaxsiy manfaatini chetga surib umumiy manfaat sari hammani birlashtiruvchi, murosaga undovchi, uzoqni ko‘ra biluvchi liderlarga judayam muhtojmiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан