Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Amerika tarixini o‘zgartirgani uchun». Time Jo Bayden va Kamala Xarrisni «Yil odami» deb e’lon qildi
11.12.2020 13:17,  
271

Time jurnali «Yil odami—2020» maqomini AQShning saylangan prezidenti Jo Baydenga hamda uning ma’muriyatida vitse-prezident bo‘ladigan Kamala Xarrisga berdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

«Amerika tarixini o‘zgartirgani uchun, hamdardlik kuchi ajralish g‘azabidan ustunligini namoyon qilgani uchun, qayg‘uga cho‘mgan dunyoda dardga davo topish haqida bir fikrni o‘rtoqlashgani uchun Jo Bayden va Kamala Xarris Time tomonidan ‘Yil odami’ deya e’tirof etildi», — deb xabar berdi jurnal.

Time qayd etishicha, Franklin Ruzveltdan boshlab Amerikaning har bir prezidenti «Yil odami» maqomini qo‘lga kiritgan, ammo vitse-prezident hali bunday nomga sazovor bo‘lmagan edi. Kamala Xarris Jo Bayden bilan birgalikda yil odami deb topilishiga sabab shuki, «irqiy adolat uchun katta kurash olib borilgan va tarixdagi eng muhim saylovlardan biri o‘tkazilgan yilda» ularning ittifoqi birlashuv ramziga egadir.

Avvalroq Time jurnali «Yil odami» maqomiga da’vogarlarning short-listini e’lon qilgan edi. Baydendan tashqari, unga amaldagi AQSh prezidenti Donald Tramp, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi bilan birga, shuningdek, irqiy adolat harakati ishtirokchilari ham kirgan edi. Short-listda Xarris yo‘q edi.

 

Time boshqa yo‘nalishlarda g‘olib bo‘lganlarni ham e’lon qildi. Zoom videokonferensiyalar servisini o‘ylab topgan Erik Yuan yil biznesmeniga aylandi. Ushbu servis pandemiya davrida eng ommabop aloqa vositasiga aylandi va xavfsizlik muammolariga duch keldi.

«Yil artisti» yo‘nalishida BTS key-pop guruhi g‘olib bo‘ldi. Time qayd etishicha, 2020 yil jamoa uchun juda muvaffaqiyatli bo‘ldi: BTS key-pop guruhlar ichida birinchi bo‘lib Amerikaning Billboard Hot 100 chartida cho‘qqiga chiqdi, birinchi kunda ko‘rishlar soni bo‘yicha YouTube’da rekord o‘rnatdi, onlayn-konsert uchun qariyb 1 millionta chipta sotdi, guruhni yaratgan leybl esa muvaffaqiyatli tarzda birjaga chiqdi. Bundan tashqari, BTS qora tanlilar huquqlari uchun kurashuvchi Black Lives Matter harakatiga 1 million dollar xayriya qildi.

«Yil qo‘riqchilari» (Guardians of the Year) mqomiga pandemiya bilan kurashda oldingi safda turgan tibbiyot xodimlari va AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi, shuningdek, irqiy adolat uchun kurash tashkilotchilari, xususan, amerikalik Porch Bennet-Bey va fransiyalik Assa Traore sazovor bo‘ldi. Bennet-Bey afroamerikalik Jeykob Bleyk politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan Kenosha shahrida norozilik namoyishlarining yetakchilaridan biri bo‘lgan. Traore esa politsiyada halok bo‘lgan akasi Adamaning o‘limini tekshirishni talab qilib, kampaniya boshlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан