Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amerikada koronavirusdan emlanganlarda yana shu kasallik aniqlanmoqda
14.02.2021 19:17,  
158

AQShning Oregon shtatida kamida to‘rt kishi ikki dozada emlanganiga qaramay, koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda NBC telekanali manbalariga asoslanib  xabar bermoqda -"Qalampir.uz".

Qayd etilishicha, to‘rtala holatda ham, kasallanganlar yoki hech qanday alomatlarni sezmayapti yoki kasallik yengil tarzda o‘tmoqda.

Bundan tashqari, koronavirusga chalinganlarning barchasida infeksiyaning mavjudligi emlanish jarayonidan 14 kun o‘tib aniqlangan.

“Biz yuqumli kasallik manbasini aniqlash bo‘yicha mahalliy hokimiyat va sog‘liqni saqlash mutaxassislari bilan ishlayapmiz”, deydi Oregon shtati Sog‘liqni saqlash departamentining mas’ul xodimi. 

Telekanalning aniqlik kiritishicha, xuddi shunday holat Shimoliy Karolina shtatida ham qayd etilgan.

Federal va mahalliy hokimiyat organlari ma’lumotlari asosida Jons Xopkins universiteti qilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda 50 milliondan ortiq dozada vaksina ishlatilgan, 12 milliondan ortiq odamga har ikkala kerakli dozadan dori yuborilgan.

AQShda jami 27,5 milliondan ortiq koronavirus bilan og‘rish holatlari aniqlangan. Ularning 484 mingdan ortig‘i vafot etdi. AQSh koronavirusga chalinish va undan vafot etish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан