Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amerikalik harbiylari O‘zbekistonda zaharli moddalar ta’siriga tushirilgan bo‘lishi mumkin
10.07.2020 15:57,  
4365

AQSh Kongressi quyi palatasining Nazorat va davlat islohoti bo‘yicha kichik qo‘mitasi raisi Stiven Linch (Massachusets shtatidan, demokrat) va kongressmen Mark Grin (Tennessi shtatidan, respublikachi) Pentagonning oshkor qilingan hujjatlarini e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, Amerika harbiylari 2001-2005 yillarda O‘zbekistonning Qarshi shahridagi Xonobod harbiy aviabazasida xizmat qilgan vaqtlarida zaharli moddalar ta’siriga tushirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda qo‘mitaning rasmiy saytiga joylashtirilgan axborotnomada so‘z boradi.

TASS nashriga tayanib, Kun.uz'ning xabar berishicha, hujjatga muvofiq, AQSh mudofaa vazirligi 2001, 2002 va 2004 yillarda O‘zbekistonda harbiy xizmatni o‘taganlarning salomatligi uchun xatarli bo‘lgan ekologik xavf o‘rganilgan tadqiqot natijasini taqdim etgan. Natijada Linch va Grin Qarshi yaqinidagi harbiy aviabazada xizmat qilgan harbiylarni zaruriy davolanish bilan ta’minlash uchun barcha hujjatlarni ochiqlashni talab qilishdi.

Unda ta’kidlanishicha, 2001 yilda aeroport tuprog‘i tarkibida aviatsiya yonilg‘isi ko‘p miqdorda bo‘lgan, uning bug‘lanishi esa, «inson nafas olganida uning salomatligi uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin» bo‘lgan. Bundan tashqari, amerikalik harbiylar, O‘zbekistondagi bazada bo‘lishlari davomida radiatsiya ta’siriga uchragan bo‘lishlari mumkin.

AQSh Harbiy havo kuchlari vakili, ayni qo‘mita savollariga shu yilning fevral oyida javob berar ekan, harbiy xizmatchilar bunday xatardan ogohlantirilmaganini bildirgandi. «Zaharli moddalarning ta’siri xususida brifing o‘tkazilmagan, himoya vositalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilmagandi», - deya qayd etilgan axborotda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning janubidagi Xonobod harbiy aviabazasi 2001-2005 yillarda AQSh kuchlarining moddiy-texnik ta’minoti bazasini o‘tagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан