Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amerikalikka Antarktikada 53 yil avval yo‘qolgan hamyonini qaytarishdi
8.02.2021 22:03,  
334

AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi Pol Grisham bundan yarim asrdan ziyod vaqt oldin tushirib qo‘ygan qopchig‘ini topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu xabarni “The San Diego Union-Tribune” nashri tarqatgan.

Hikoya qilishicha, u bir vaqtlar AQSh Harbiy dengiz kuchlari safida meteorologiya xizmatida ishlagan. Uzoq 1967 yili Antarktikada xizmat o‘tayotgan chog‘i tasodifan hamyonini yo‘qotgan va shu-shu topa olmagan.

O‘tgan yil oxirida Grishamga meteorologiya xizmati xodimining qizidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Juvonning aytishicha, otasining boshlig‘i notanish qopchiq egasini aniqlashda yordam berishni so‘ragan. Topilma bino buzilganda yuzaga chiqqan.

Voqeadan bir necha hafta o‘tib, portmone haqiqiy egasiga qaytarilgan. Omadli insonning ta’kidlashicha, hamyon ichida haydovchilik guvohnomasi, soliq to‘g‘risidagi deklaratsiya, harbiy dengiz xizmatchisi shaxsini tasdiqlovchi hujjat va cho‘ntak ma’lumotnoma xaritasi bus-butun saqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан