Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Amudaryo ustida Xorazm viloyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan bog‘lovchi 413 metrlik ko‘prik qurilishi boshlandi
22.12.2020 20:08,  
301

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Amudaryo ustida Xorazm viloyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan bog‘laydigan 413 metrlik ko‘prik, Qorao‘zak tumanidan Shovot tumanigacha 79 kilometrlik temir yo‘l qurilishi bo‘yicha topshiriq bergan edi.
 

Bugun ikki hududni birlashtiradigan qo‘shma ko‘prikka tamal toshi qo‘yildi. Yangi ko‘prik qurilishning boshlanganligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev va boshqalar so‘zga chiqib mazkur ko‘prik nafaqat ikki hudud balki mamlakatimizning ijtimoiy – iqtisodiy rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Amudaryo tumani Respublikamizning boshqa hududlaridan uzilib qolgan, shuningdek, temir yo‘l tarmoqlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkoni mavjud emas. Avtomobil transporti qatnovi ham cheklangan, chunki Amudaryodan o‘tish uchun faqat ponton ko‘prikdan foydalaniladi.

Ponton ko‘prigi 1938 yilda qurilgan bo‘lib, ayni paytda u eskirgan va foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Amudaryo tumani Respublikamizning boshqa hududlaridan transport harakati jihatidan ajralgani mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, mintaqaning ehtiyojlari uchun kerakli bo‘lgan xalq xo‘jaligi yuklarini tashish xarajatlari evaziga narxlarning oshishiga va ushbu hududlardan mahsulot eksport qilinishi uchun 160 kilometr masofaga transportda qo‘shimcha yurishga to‘g‘ri keladi.

Yangi ko‘prikning qurilishi Rossiya va Qozog‘istondan yuklarni tashish masofasini 240 kilometrga, yuklarni tashish vaqtini esa 6 soatga qisqartiradi. Shunday qilib, yuk tashish hajmi ikki baravar ko‘payadi va yiliga 25 million tonnani tashkil etadi. Respublikamizning yuqoridagi mintaqalari rivojlanib borishi bilan iqtisodiy samaradorlik yiliga 100 milliard so‘mga oshadi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Xorazm viloyatiga inert materiallarni yetkazib berish xarajatlari kamayadi, bu esa ijtimoiy ob’yektlar va infratuzilmalarni qurish xarajatlarini kamaytiradi.

Taklif etilayotgan yangi ko‘prikning strategik ahamiyatini alohida ta’kidlash joiz. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ko‘prik quriladigan joyda daryo kengligining minimal o‘lchamlari, sun’iy inshootlar soni, buzilayotgan ob’yektlar soni va ularning turi, shuningdek, kommunikatsiyalar o‘tkazilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan loyihaning 4 ta varianti ishlab chiqildi va ulardan eng maqbuli tanlandi.  

Xorazm viloyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan bog‘lovchi temir yo‘l va avtomobil yo‘li qo‘shma ko‘prigini qurish ishlari 2022 yil sentyabr oyiga yakunlanishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан