Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijon bosh imomi Toshkent shahriga bosh imom-xatib etib tayinlandi
25.08.2019 15:33,  
164

25 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Nuriddin Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida tavallud topgan. 1992 yilda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasini, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007 yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.

Ish faoliyati davomida Nuriddin domla Xoliqnazarov Andijon viloyati Asaka shahri “Ahmadali Maxdum” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri Yunusobod tumani “Oq tepa” jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan.

Shu paytgacha poytaxt bosh imom-xatibi vazifasida mehnat qilib kelgan Rahimberdi Rahmonov “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida ish faoliyatini davom ettiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан