Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Andijon muzqaymog‘i» kimga tegishli ekanligi ma’lum qilindi. Mahsulot brend sifatida ro‘yxatga olinmoqda
27.05.2021 18:41,  
2944

Tez suratlarda xalq orasida mashhur bo‘lgan «Andijon muzqaymog‘i» mahsuloti Andijon viloyati, Andijon shahar, Industrial ko‘chasi, 12 uyda istiqomat qiluvchi Madraximov Hikmatulloh Ne’matullo o‘g‘liga tegishlidir. Bu haqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Agentlikning xabar qilishicha, afsuski, so‘ngi paytlarda ushbu mahsulotning kontrafakt nusxalari ko‘payib ketdi. «Uddaburon tadbirkorlar» tomonidan go‘yoki samolyot orqali Andijondan olib kelingan degan yolg‘on ma’lumot bilan «Andijon muzqaymog‘i» nomi ostida sifatsiz mahsulot sotilmoqda.

Joriy yilning 24 may kuni Agentlikning Andijon viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi xodimlari tomonidan «Andijon muzqaymog‘i»ni ishlab chiqaruvchi egasi H.Madraximovning uyiga borilgan holda unga ishlab chiqarayotgan mahsulotiga tovar belgisini olishi lozimligi, o‘z brendini rasmiylashtirishi «Andijon muzqaymog‘i»ning umrini uzaytirishi, kontrafakt nusxalari ta’sirida asl mahsulotga ham ishonch yo‘qolishi, bozorining kasodga uchrashi ehtimolligi haqida batafsil tushuntirish berildi.

Natijada H.Madraximov tomonidan «Andijon muzqaymog‘i» tovar belgisini brend sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Agentlikka talabnoma topshirildi.

Muzqaymoq aynan Andijonda tayyorlangani va o‘ziga xosligidan kelib chiqib brend sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Birinchidan, tovar nomini muhofazalash orqali tadbirkorlar o‘z mahsulotlaridan boshqalarning ruxsatsiz foydalanishi hamda soxta yoki kontrafakt nusxalari paydo bo‘lishidan himoya qilsa, ikkinchidan, brendni rivojlantirish orqali tovarning qiymati oshadi, qo‘shimcha daromad olishiga va o‘z faoliyatini yanada kengaytirishiga sabab bo‘ladi.

«Endilikda «Andijon muzqaymog‘i» ham Davlat muhofazasiga olinadi hamda Agentlik va uning hududiy markazlari «Andijon muzqaymog‘i» brendining muhofaza qilinishini ta’minlaydi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан