Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Andijon shahar hokimiga tegishli audioyozuv yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi
11.11.2021 21:52,  
920

Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon shahar hokimiga tegishli audioyozuv tarqaldi» sarlavhasi ostida tarqalgan audioyozuv yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Joriy yilning 11 noyabr kuni Andijon shahar hokimi Baxromjon Haydarovga tegishli ekanligi aytilayotgan audioyozuvda Andijon shahar hokimi va o‘zini Omadjon deya tanishtirgan fuqaro o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelganligi va shahar hokimi deya aytilayotgan ikkinchi fuqaro Omadjon ismli shaxsga nisbatan uni hadeb bezovta qilmasligini aytib haqoratli so‘zlar ishlatilganligi, fuqaro tomonidan esa ijara haqqi va uyini tiklab berishini ta’kidlagan suhbati tarqalgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib holat yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish ishlari davomida tarqalgan audioyozuv haqiqatdan ham Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarovga tegishli ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Shuningdek, fuqaro tomonidan aytilayotgan ijara haqqi va uyini tiklash to‘g‘risidagi holat yuzasidan o‘rganishlar davomida fuqaro O.N istiqomat qiladigan A. Navoiy shox ko‘chasi 57-sonli ikki qavatli uyi snosga tushganligi, hozirgi kunda «Sulton xaus» MChJ qurilish firmasi tomonidan shu joyga ko‘p qavatli uy-joy majmuasini qurilish ishlari olib borilayotganligi sababli, fuqaro O.N ijaraga chiqarilib, unga ijara pullari doimiy ravishda to‘lab kelinmoqda.

Bundan tashqari, fuqaro O.N Andijon shahar hokimiga doimiy ravishda (kunu-tun) 10-15 marotabadan telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirib, 2-xonali 52 kv.metrdan iborat bo‘lgan xona joyiga «Sulton xaus» MChJdan shahar markazidan 400 kv.metrdan iborat bo‘lgan uy-joy va Jentra avtomobili undirib berishligini aytib, shahar hokimini doimiy obro‘sizlantirib kelgan.

Vaholanki ushbu fuqaro O.Nning ushbu xonadonga nisbatan uy-joyga bo‘lgan egalik huquqi mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Aslida esa uy-joy onasining nomida ekanligi va «Sulton xaus» MChJ qurilish firmasi hamda fuqaro O.Nning onasi o‘rtasida o‘zaro kelishgan holda yangi qurilayotgan uy-joydan xonadon ajratib berish haqida kelishuvga erishilgan. 

Bugungi kun holatiga fuqaro O.Nning onasi (uyning asl egasi)ga ijara uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pullar to‘laligicha to‘lab berilgan.

Bundan tashqari Andijon shahar hokimining fuqaro bilan muloqoti davomida ishlatgan haqoratli so‘zlari uchun Andijon viloyati hokimligi tomonidan alohida huquqiy baho berilishini ma’lum qilamiz — deyiladi hokimlikning rasmiy munosabatida.

Oldinroq, ijtimoiy tarmoqda Andijon shahar hokimiga tegishli audioyozuvtarqalganligi haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан