Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda 13 yoshli bola tok urishidan halok bo‘ldi
26.06.2021 14:49,  
1016

24 iyun kuni soat 19:27 larda Andijon viloyati IIB TXTBga Paytug‘ temir yo‘l bekati boshlig‘i telefon orqali Paytug‘ bekatida vagon ustiga chiqqan fuqaroni yuqori kuchlanishli elektr toki urganligi haqida xabar berdi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, bo‘sh vagonlar ustiga chiqqan, Izboskan tumani, Paytug‘ shahar, “A.Temur” MFYda yashovchi, 2008 y.t. voyaga yetmagan Ch.T. ekanligi, va uni o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yuqori kuchlanishli elektr toki urganligi aniqlangan.

Ch.T.ga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilib, Paytug‘ tuman tez tibbiy yordam markazining jonlantirish bo‘limiga yotqizilganligi ma’lum qilingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан