Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
4.04.2021 23:11,  
450

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 3 aprel kuni 4 ta mashina: «Cobalt», «Nexia-3», «Lacetti», «Damas» ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, holat 3 aprel kuni soat 15:40 larda Andijon viloyati Shahrixon tumani Karnaychi mahallasi hududidan o‘tgan A-373 M-39 avtomobil yo‘lining 407-kilometrida sodir bo‘lgan. Mazkur yo‘lda 4 ta mashina: «Cobalt», «Nexia-3», «Lacetti», «Damas» to‘qnashib ketgan:

  • haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Z.I. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli;
  • haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan X.Q. boshqaruvidagi «Nexia-3» rusumli;
  • haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli;
  • haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, yo‘l transport hodisasi oqibatida «Sobalt» rusumli avtomobil haydovchisi Z.I. hamda «Damas» rusumli avtomobil yo‘lovchisi M.A.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur YTH yuzasidan Shahrixon tumani Ichki ishlar boshqarmasi YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga oydinlik kiritilmoqda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан