Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda 60 yoshli ayol nega o‘ldirib ketildi?
18.01.2021 19:58,  
1327

Andijonda 8 yanvarda bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

8 yanvar kuni soat 2:00 larda ikki nafar noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiyib olgan holda Qo‘rg‘ontepa tuman Nurli yog‘du MFY da yashovchi 60 yoshli Saxodat Aning yashash xonadoniga kirish eshigi oynasini sindirib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, pichoq bilan xonadon egasiga hujum qilib, unga hayot yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, qo‘l va oyoqlari hamda og‘zini skoch yordamida bog‘lab, quloqlaridagi 1 juft narxi 700.000 so‘mlik sirg‘asini, qo‘lidagi 1 dona narxi 300.000 so‘mlik uzugini talon-toroj qilib, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 26 yoshli Umidjon M. xamda 38 yoshli Maqsadjon A.,lar sodir etganligi aniqlanib, jinoyatchilarni birining yashash uyi tintuv qilinganda, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 1 juft ayollar sirg‘asi, 1 juft qo‘lqop ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Umidjon M. va Maqsadjon A.,lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан