Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda chuvalchang boquvchilar birlashmasi tuziladi
7.03.2021 11:31,  
280

Andijon viloyati Xonobod shahrida O‘zbekiston so‘ljon (chuvalchang) boquvchilar birlashmasini tuzish bo‘yicha ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yomg‘ir chuvalchanglari yerning meliorativ holatini, hosildorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda kaliforniya chuvalchanglarini boqish, bu orqali yer uchun eng foydali tabiiy o‘g‘it – gumus ishlab chiqarish XX asrning saksoninchi yillari oxirida Andijon viloyati Xonobod shahridagi «Do‘stlik» jamoa xo‘jaligida boshlangan.

Hozirda respublikaning turli hududlarida chuvalchang boqish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bor, ammo ular tarqoq holda ish yuritib kelmoqda. Chuvalchang boquvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularga uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatish maqsadida tadbirkor Rustam Usmonov tashabbusi bilan «Biogumus» O‘zbekiston so‘ljon (chuvalchang) boquvchilar birlashmasini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan ta’sis yig‘ilishida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida chuvalchang boqish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar ishtirok etgan.

«Maqsadimiz — chuvalchang boquvchilarga ilmiy, moliyaviy va amaliy yordam ko‘rsatish. Ilmiy asosda toza va sof biogumus mahsuloti hamda biomassa yetishtirish orqali ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tabiiy sof qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishga yordam berish. Qolaversa, biogumus mahsulotini eksport qilishni yo‘lga qo‘yishdir», — deydi tadbirkor R. Usmonov.

Yig‘ilishda chuvalchang boqish orqali biogumus tayyorlanishi, bu qishloq xo‘jaligi rivojida muhim ahamiyat kasb etishi, qolaversa, mazkur faoliyat katta daromad manbai ekanligi alohida ta’kidlangan. Unda uyushma nizomi tasdiqlanib, kuzatuv kengashi va ijro organi rahbar va a’zolari saylangan. Shuningdek, birlashmani tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан