Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda fuqaro IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani haqidagi xabar yuzasidan ma’lumot berildi
15.09.2021 09:34,  
322

Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon shahrida avtomashinalar harakatlanish vaqtida taraflar o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan. Andijon shahar IIB 4-bo‘lim xodimlari tomonidan fuqarolar kaltaklangani, haqorat qilingani aytilmoqda» nomli video xabarlar tarqalgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan 2021 yilning 14 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан