Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda kreditga olingan 149 tonna kartoshkani sotib, pulini "yeb yuborgan" shaxslar ushlandi
2.05.2021 18:52,  
221

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan «Agrobank» ATB Andijon viloyati filiali va Andijon tuman hokimligining murojaatlariga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, Andijon tumanidagi «Kuyganyor dehqon bozori» MChJ rahbari U.X. va boshqalar qish-bahor mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish maqsadida «Agrobank» ATB Andijon filiali tomonidan ajratilgan kredit mablag‘i hisobidan xarid qilingan 646,6 mln so‘mlik 149 tonna kartoshkani sotib yuborib, sotuvdan tushgan pullarni kredit qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltirilmasdan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан