Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonda videosi tarqalgan YPX xodimi ishdan olindi
15.12.2021 08:39,  
507

Ijtimoiy tarmoqda «YPX xodimi haydovchiga qo‘pol muomalada bo‘ldi» izohi bilan tarqalgan video yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

«2021 yil 27 noyabr kuni xizmat mobaynida, haydovchi bilan o‘zaro muloqot davomida og‘ir-vazmin bo‘lmasdan, mulohaza bilan ish olib borish o‘rniga, fuqaroga baland ovozda, qo‘pol munosabatda bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun Andijon viloyati IIB YHXB xodimi B.Badinov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha xulosa qilindi», deyiladi YHXBB xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан