Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonlik ayol eri bilan janjallashib qolib, uni pichoqlab o‘ldirdi
27.05.2021 13:54,  
287

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani yashovchi 40 yoshli ayol eri bilan janjallashib qolib, uni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda «Daryo»ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, 2021 yilning 22 may kuni soat 14:00 da (Andijon shahar, Bog‘ishamol dahasida ro‘yxatda turib, Xo‘jaobod tumani, «Mustaqillikning 27 yilligi» mahallasida yashovchi) fuqaro A.M. turmush o‘rtog‘i A.A. bilan Andijon tumani, Xakan qishlog‘i, «Qurama» mahallasida o‘zaro janjallashgan.

Janjal oqibatida A.M. yonida olib kelgan chalabzar pichog‘i bilan erining ko‘krak qafasi old va orqa qismiga uch marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Natijada A.A. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan A.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olingan.

Qo‘shimcha qilinishicha, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Andijon tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан