Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Andijonlik tadbirkorni 645000 dollarga chuv tushirgan Xitoy fuqarosi qo‘lga olindi
15.09.2020 12:46,  
558

2018 yilning may oyidan 2019 yilning 07 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Xitoy Halk Respublikasi fuqarosi 49 yoshli L.J., Andijon viloyatida yashovchi 43 yoshli J.A., ning ishonchiga kirib, Toshkent shahrida joylashgan MChJ ga tegishli bo‘lgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasini 1.000.000 AQSh dollariga sotishligini aytib, 645.000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, shu kunga qadar turli bahonalar qilib MChJ ga tegishli bo‘lgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasini J.M., ni nomiga rasmiylashtirmaganligi yoki qo‘lga kiritilgan pullarni qaytarib bermay shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IVV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан