Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasman: Andrey Shevchenko - «Jenoa» bosh murabbiyi
7.11.2021 22:20,  
71

«Milan» klubi afsonaviy futbolchisi Andrey Shevchenko Italiya A Seriyasiga qaytdi. Ukrainalik sobiq futbolchi «Jenoa» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Genuya klubi matbuot xizmati tvitterdagi sahifasida Andrey Shevchenko klubda ish boshlaganiga sha’ma qilib, Ukraina bayrog‘ini qo‘ydi. Ko‘p o‘tmay, Shevchenkoning o‘zi ushbu tvitni retvit qildi.

Avvalroq, Shevchenko Genuya klubi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolashi haqida xabar qilingandi. Andrey «Jenoa»da yillik 2 million yevro maosh olishi kutilmoqda. Bungacha iste’foga chiqarilgan Davide Ballardiniga yordamchi murabbiy sifatida ishlagan Mauro Tassotti Shevchenko murabbiylar shtabida ham qoladi.

Ma’lumot uchun, «Jenoa» A Seriya 12-turidan keyin 9 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda. Shevchenko jamoadagi debyutini «Roma»ga qarshi bahsda o‘tkazadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан