Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Angliya va Ukraina aholisini qo‘rqitgan «NUJ»larni kim yuborgandi aniqlandi (video)
25.04.2020 16:43,  
4597

Joriy yilning 19 aprel kuni, mahalliy vaqt bilan kechki soat 21:20 larda Angliya janubi-sharqidagi Esseks hududi osmonida bir necha o‘nlab lipillovchi olovlar ko‘ringan:

Tabiiyki, uni ko‘rib cho‘chib ketgan kishilar turli taxminlar bildira boshlashgan – dastlab ularni meteorit yomg‘iri, deb o‘ylashgan. Uchayotgan olovlar bir chiziqqa terilib yuqoriga ko‘tarila boshlaganini ko‘rgach esa, ularni o‘zga sayyoraliklarning fazo kemalari – NUJlar, deya taxmin qilishgan. Keyinroq esa ularning SpaceX uchirgan sun’iy yo‘ldoshlar ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Oradan uch kun o‘tib – 22 aprelda shunday holat Ukrainada ham takrorlangan. Mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da Kiyev aholisi osmonda uchib o‘tayotgan 17 ta yorqin jismni ko‘rishgan. Ukrainaliklar ham ularni noma’lum uchar jismlar, deya qabul qilishgan.

Aytish kerakki, Starlink loyihasi doirasida hozirgacha 422 ta sun’iy yo‘ldosh fazoga uchirilgan. Ularning 60 ta qurilmadan iborat oxirgi partiyasi 22 aprel kuni, Falcon 9 raketasida orbitaga yo‘llangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан