Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Angrenda 25 yoshli yigit yuk poyezdiga ortilgan ko‘mirdan qariyb 1 tonna o‘g‘irlagani aniqlandi
3.11.2020 14:07,  
141

31 oktyabr kuni soat 00:30 larda Orzu bo‘linmasi XTB, «Angren va Apartak» ko‘mir konlarini qo‘riqlash alohida otryadi, Transportda XTB yo‘lovchi poyezdlarni kuzatish batalyoni xodimlari bilan birgalikda tezkor profilaktik tadbir olib borilgan.

Tadbir davomida 3478-sonli yuk poyezd tarkibi Angren—Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan vaqtida «Angren—Ko‘l» temir yo‘l bekatlari oralig‘i 7-8 kilometrida 1995 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati Angren shahar Turkiston ko‘chasida yashovchi X.F. vagonlarga chiqib, ko‘mir mahsuloti ortilgan 3 ta usti yarim ochiq yuk vagonlaridan taxminan 900-1000 kilogramm ko‘mir mahsulotini tushirgan vaqtida aniqlangan.

Holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан