Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Angrenda erkak 2,5 yoshli qizning boshiga urib, uni o‘ldirib qo‘ydi
28.01.2021 11:54,  
695

Toshkent viloyatida bir necha oydan buyon tanishi bilan nikohsiz yashab qilgan erkak uning 2,5 yoshli qizini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur jinoyat 2021 yil 14 yanvar kuni sodir etilgan. A.R. ismli fuqaro bir necha oy davomida Z. ismli ayol hamda uning qizi bilan Angren shahrida joylashgan ijaradagi uyida yashab kelgan.

«14 yanvar kuni Z. qizini uyda qoldirib, do‘konga chiqib ketgan. Shu vaqtda bola yig‘lab, xarxasha qilgani uchun uni tinchlantirish maqsadida A.R. bolaning bosh qismiga urgan va shu bilan qizaloq jim bo‘lib qolgan», — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan tayinlangan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qizaloq olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgani tasdiqlangan.

Mazkur qotillik jinoyati Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i polkovnik Tohir Aripov boshchiligida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilingan. Hokimlikda o‘tkazilgan muhokamada Angren shahar hokimi, viloyat IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari va mas’ul xodimlar, mahalla raislari, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda jinoyat sodir etganlikda gumonlangan shaxs ishtirok etdi. Gumonlanuvchi yig‘ilishda pushaymonligini bildirib, xalqdan uzr so‘ragan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан