Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Angrenda poyezd va avtomobillar to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (foto)
10.09.2019 10:12,  
42

2019 yil 10 sentyabr kuni soat 04:00larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘li 173 kmning “Obliq” temir yo‘l stansiyasidan Olmaliq KMKning Kon boshqarmasiga qarashli “Angren Oltin saralash fabrikasi”ga olib boruvchi temir yo‘l shaxobchasining (pod’yezdnoy put) kesishmasida avtotransport vositalari va yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida YTX sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

“Toshkent-Vodiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan “SAMS” rusumli d/r 01 506 CGA yuk mashinasi Angren shahar hududidan o‘tuvchi  A-373 M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 173 kmda xaydab ketayotib, yuk vagonlarni tortib ketayotgan teplovozning  8-vagoniga urilgan. 

Natijada vagonlarning 2 tasi izidan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda turgan “Damas” rusumli, d/r 50 W 363 MA avtomobilini bosib qolgan.

Natijada, “Damas” avtomobilda bo‘lgan 5 nafar fuqarodan 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 nafari tan jarohati olib, Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, “SAMS” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi ham tan jarohati bilan ushbu shifoxonaga yotqizilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

"Daryo" nashri voqea joyidan olingan fotolarni e’lon qildi:

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан