Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Angrenda vagonlariga ko‘mir ortilgan poyezd ag‘darilib ketdi
19.12.2021 19:00,  
213

FVV Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun, 19 dekabr kuni soat 05:03 da Toshkent viloyati Angren shahridan 19 km sharqiy yo‘nalishda joylashgan “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli “Angren ko‘mir koni”ning (razrez) hududidagi temir yo‘lda 010-sonli lokomotiv sostav elektrovozning siqilgan havosiz qolishi oqibatida boshqaruvsiz harakatlangan va 1-yo‘lda harakatlanib ketayotgan 017-sonli lokomotiv sostaviga urilgan.

Natijada jami 33 ta yuk vagonidan 20 ta vagon temir yo‘li izidan chiqib, ag‘darilgan.

Hodisa oqibatida 010-sonli lokomotiv sostavi mashinisti va uning yordamchisi yengil tan jarohati olgan. Ular Angren shahar shifoxonasiga yuborilgan.

Mazkur holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida voqea joyiga “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi “Temir yo‘l transport” filialidan 2ta yuk krani, 2 ta pogruzchik va 50 nafar ishchi-xodimlar jalb etilgan. Bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан