Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Antibiotiklardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish o‘lim holatiga sabab bo‘ladi
3.11.2021 10:56,  
77

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda antibiotiklarni noto‘g‘ri qo‘llash natijasida dunyoda yiliga 700 ming kishi vafot etadi.

Bu koronavirusdan vafot etayotganlardan kam ko‘rsatkich emas. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, antibiotiklardan foydalanish tartibga olinmasa, 2050 yilga borib yiliga 10 millionga yaqin odam vafot etishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Muhabbat Ibragimova antibiotiklarni retseptsiz va tartibsiz qabul qilish organizmda chindan antibiotikka zarurat tug‘ilganda u ta’sir qilmay qolishiga olib kelishini ta’kidladi.

— Buning sababi organizmda antibiotikka nisbatan chidamlilik paydo bo‘lgan bo‘ladi, — deydi Muhabbat Ibragimova. — JSST tomonidan antibiotiklarga nisbatan chidamlilik va multichidamlilik atamalari qo‘llaniladi. Chidamlilik faqat bir antibiotikka nisbatan paydo bo‘lsa, multichidamlilikda bemorga hech qanday antibiotik ta’sir qilmay qoladi. Buning oqibatlari juda yomon.

Koronavirus dastlab tarqala boshlagan paytda odamlar uni shamollash deb o‘ylab, antibiotiklarni shifokor retseptisiz ham qabul qila boshlagan edi.

Bu ta’kidlar bugun ham dolzarbligini yo‘qotmaganini ko‘rib turibmiz.

Antibiotiklardan pala-partish, ayniqsa, uy sharoitida o‘zboshimchalik bilan foydalanish tananing boshqa a’zolari faoliyatiga ham salbiy ta’sir etadi.

Jumladan, insonda jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lsa, ushbu vositadan o‘zboshimchalik bilan foydalanish oqibatida anafilaktik shok, ya’ni allergik reaksiya bo‘lib, o‘lim holatiga sabab bo‘lish xavfi bor.

Mutaxassisning fikricha, shu boisdan antibiotiklarni faqat va faqat shifokor tavsiyasi bilangina olish lozim. Aks holda, kasallikdan davolanaman, deb o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga jiddiy zarar yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, internet tarmog‘ida Angren shahrida 11 yoshli bemor qizga uy sharoitida tibbiy ko‘rsatmasiz «Seftriakson» antibiotigini in’yeksiya qilinganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Mutaxassis bilan suhbatni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati olib bordi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан