2021 yil 21 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122048 (+719) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 71 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 20 nafari Andijon viloyatida,
- 13 nafari Buxoro viloyatida,
- 81 nafari Jizzax viloyatida,
- 21 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 16 nafari Navoiy viloyatida,
- 31 nafari Namangan viloyatida,
- 78 nafari Samarqand viloyatida,
- 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 81 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 71 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 13 nafari Xorazm viloyatida,
- 83 nafari Toshkent viloyatida,
- 118 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 492 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 65 nafar,
- Andijon viloyatida 34 nafar,
- Buxoro viloyatida 54 nafar,
- Jizzax viloyatida 45 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,
- Namangan viloyatida 51 nafar,
- Samarqand viloyatida 105 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 70 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 50 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 44 nafar,
- Xorazm viloyatida 30 nafar,
- Toshkent viloyatida 54 nafar,
- Toshkent shahrida 126 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 116755 (+746) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 814 nafarni tashkil qildi.