Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AOKA LGBT mojarolari hamda bloger va ijtimoiy tarmoq faollariga murojaat qildi
31.03.2021 20:22,  
1581

O‘zbekiston Prezidenti ma’muriyati huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkentda 28 mart kunidagi tartibsizliklar va shu bilan bog‘liq voqealar hamda chiqishlar to‘g‘risida bayonot bilan chiqdi.

«So‘nggi kunlarda internet tarmog‘idagi axborot maydonida aholisining qariyb 94 foizi musulmon bo‘lgan O‘zbekistonda LGBT g‘oyalarini targ‘ib qilayotgan Miraziz Bozorovning noqonuniy chaqiruvlari oqibatida jamoatchilik, xususan, boshqa bloger va internet foydalanuvchilari tomonidan keskin e’tirozlar, tahdidlar yuzaga kelmoqda.

Agentlik mazkur holatlarni avvaldan tartibga solish maqsadida Facebook va Telegram axborot resurslarida 200 dan ziyod o‘ldirish, zo‘ravonlik ishlatish tahdidlari yozilgan postlar hamda izohlar mavjud bo‘lgan 54 ta veb-saytlar, veb-sahifalar ma’murlari, blogerlarga LGBT va boshqa shu kabi nomaqbul oqimlar faoliyatini bilib, bilmasdan targ‘ib qilish, noqonuniy ko‘cha yurishlariga chorlashni to‘xtatish bo‘yicha rasmiy xabarnomalar yubordi.

Bundan tashqari, M.Bozorovning xatti-harakatlari yuzasidan huquqiy baho beruvchi Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining alohida xulosasi tayyorlandi.

Shuningdek, jamiyat hamda internet faollari, ayrim bloger va jurnalistlarning holat yuzasidan bildirgan pozitsiyalari bo‘yicha xulosalar shakllantirilmoqda.

Mazkur xulosalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonunchilikka zid holatlarni bartaraf etish yuzasidan choralar qo‘llashda foydalanish uchun yuboriladi.

Agentlik barcha blogerlar va ijtimoiy tarmoqlar faollaridan jamiyat orasida adovat qo‘zg‘atuvchi, turli xil nopok g‘oyalarni ilgari suradigan material va postlarni tarqatishdan tiyilishni so‘raydi.

Zero,  internet tarmog‘idan foydalangan holda fuqarolar orasiga nizo solish, zo‘ravonlikka chaqirish, g‘azabga keltirish va tartibsizliklarni uyushtirish bilan shug‘ullanib, g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etganlar belgilangan tartibda jazoga tortiladi», – deyiladi AOKA bayonotida.

Ushbu mojarolar haqida 30 mart kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ham munosabat bildirib, xalqaro tashkilotlarni O‘zbekiston yoki boshqa har qanday davlatga biror talab qo‘yishdan oldin millatning mentaliteti, dini, madaniyati, urf-odatlarini inobatga olishga chaqirgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан