Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Apple" yangi "iPhone"lar, "iPad" va yettinchi avlod "Apple Watch" taqdimotini o‘tkazdi
15.09.2021 09:29,  
112

AQShning Kupertino shahrida "Apple" o‘zining yillik taqdimotini o‘tkazdi.

Unda yangi "iPhone 13" uning mini-versiyasi, ”iPhone 13 Pro“ va ”iPhone 13 Pro Max"ni taqdim qildi. Tadbirda, shuningdek, boshqa "Apple" qurilmalari, jumladan, keyingi avlod ”iPad“ va yettinchi avlod "aqlli soatlar» — "Apple Watch" namoyish etildi.

Taqdimotda mahsulotlarning narxlari haqida ham ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, "iPhone 13 Pro" narxi 999, "iPhone 13 Pro Max"ning bahosi esa 1099 dollardan boshlanadi. Qurilmalarning 128, 256, 512 GB ichki xotiraga ega versiyalari mavjud. Shuningdek, ilk bora 1TB varianti ham sotuvga chiqariladi.

Batareya quvvati ham avvalgilariga qaraganda yaxshilangan. Ular "iPhone" tarixidagi eng yaxshisi ekanliligi aytilmoqda.

Yangi "iPhone"lar ikkita o‘lchamga ega bo‘ladi: "Pro" va "Pro Max" displey o‘lchamlari mos ravishda 6,1 va 6,7 ​​dyuymga teng bo‘ladi.

"iPhone 13" to‘rt rangda chiqarilmoqda: qora, tilla, kumush va moviy rangda.

Qurilmalar "A15 bionic" protsessori bilan jihozlangan va ular avvalgilaridan kuchli ekani aytilmoqda.

Kompaniyaning yana bir mahsuloti "Apple Watch 7" 2021 yil oxirida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning narxi 399 AQSh dollaridan boshlanadi.

Yana bir mahsulot "iPad mini" kelgusi hafta AQShda sotuvga chiqariladi va uning narxi 499 dollardan boshlanadi.

Taqdimotdagi yana bir mahsulot "iPad" bo‘lib, u 12 megapikselli keng burchakli old kameraga ega. Qurilma "Apple Pencil" klaviaturasi va qalamini qo‘llab-quvvatlaydi. Kulrang va kumush ranglarda chiqarilgan ushbu qurilmaning narxi 329 dollardan boshlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан