Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda diniy erkinlik yaxshilanganini e’tirof etdi
11.06.2020 14:01,  
46

AQSh Davlat departamentining rasmiy “state.gov” saytida “Maykl Pompeoning 2019 yilgi Xalqaro diniy erkinlik to‘g‘risidagi matbuot anjumani” nomli lavha e’lon qilindi.

Ushbu matbuot anjumanida davlat kotibi o‘z hisobotini o‘qib eshittirgan va jurnalistlar tomonidan berilgan bir qancha savollarga ham javob berib o‘tgan. U o‘z nutqida diniy erkinlik borasida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirar ekan, O‘zbekistondagi diniy vaziyat haqida ham alohida to‘xtalib o‘tgan.

Jumladan, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq holat yaxshilanganini e’tirof etib shunday deydi: «O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash bo‘yicha bir qator qadamlar qo‘yildi va bu davom etmoqda. Yil boshida men ushbu mamlakatda bo‘lganimda, diniy arboblar bilan ajoyib muzokaralar o‘tkazdim».

Shuningdek, matbuot anjumanida ro‘yxatdan o‘tmagan diniy guruhlarga qarshi 2019 yil davomida O‘zbekistonda birorta ham salbiy holat bo‘lmagani, bunday amaliyotlar 2018 yilda 114 ta, 2017 yilda esa 240 marta qayd etilgani aytib o‘tilgan.

"Bu ulkan yutuqlar, chinakam taraqqiyot. Davlat Departamenti jamoasining sa’y-harakatlari o‘z samarasini bermoqda", deydi davlat kotibi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан