Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh O‘zbekistonga koronavirusdan himoya vositalarini topshirdi
18.03.2020 15:29,  
377

17 mart kuni AQSh elchixonasi yangi koronavirus kasalligi COVID-19 tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga ikkinchi xayriya yordami sifatida shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. Bu haqda Sof.uz‘ga AQSh elchixonasi ma’lum qildi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) koronavirusdan zarar ko‘rgan yoki uning tarqalishi xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekiston uchun, yuqumli kasalliklar bo‘yicha favqulodda zahira fondidan qo‘shimcha mablag‘ ajratdi. AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum mamlakat tayyorgarligini yuqori baholab, COVID-19 ga tayyorgarlik ko‘rish va tegishli javob qaytarishda USAID O‘zbekistonni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashi va ko‘mak berishini ma’lum qildi.

 “Yangi koronavirus kasalligi faqatgina hukumatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik orqali bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan, global sog‘liqni saqlashga tahdid solayotgan kasallikdir”, - dedi elchi Rozenblyum. “AQSh hukumati ushbu global epidemiyaga tayyorgarlik va javob choralarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistondagi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”,ta’kidladi elchi.

 USAID taqdim etgan shaxsiy himoya vositalari tarkibiga 10 000 ta qo‘lqop, 10 200 ta niqob, 1400 ta maxsus xalat va 200 ta ko‘zoynak kiradi. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab viloyat markazlari va shaharlarda tarqatiladi.

 “Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati nomidan koronavirus infeksiyasiga qarshi tayyorgarlik va javob choralarini ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasiga ko‘rsatgan yordami uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Biz vatandoshlar salomatligi va farovonligini oshirish borasidagi yaqin hamkorligimizni yuksak qadrlaymiz”, - dedi bosh sanitar vrach va agentlik direktori Bahrom Almatov.

 Shaxsiy himoya vositalari O‘zbekistonda tibbiyot xodimlariga mamlakatda COVID-19 bilan zararlangan bemorlarni davolash uchun tez va xavfsiz chora ko‘rishga imkon beradi. Ular infeksiya xavfini kamaytirishda ilg‘or sog‘liqni saqlash xodimlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан