Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh shaxdam qadamlar bilan SSSR yo‘lidan ketmoqda - Putin
5.06.2021 18:50,  
906

Boshqa davlatlar bilan munosabatlarda AQSh SSSR xatolarini takrorlamoqda, dedi Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi iqtisodiy forumda.

“Imperiyalar muammosi nimada? Ular o‘zlarini shunchalik qudratli deb his qilishadi-ki, ba’zan alohida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yishga haqli deb hisoblashadi: bularni sotib olamiz, boshqalarni qo‘rqitamiz, ana ular bilan kelishib olamiz, deb o‘ylaydi. Lekin asta-sekin ana shunday muammolar yig‘ilib, yig‘ilib boshqarib bo‘lmaydigan darajaga yetadi”, -dedi Putin.

Rossiya prezidenti Amerika Qo‘shma shtatlari shaxdam qadamlar bilan Sovet Ittifoqi yo‘lidan ketayotganini va uning o‘zi ham SSSRda tug‘ilganini va nimalar haqida gapirayotganini yaxshi bilishini ta’kidladi. 

Putin aytishiga ko‘ra, Vashington ochiq-oydin Rossiya rivojlanishini cheklashga harakat qilmoqda - sanksiyalar ham, Rossiya ichki ishlariga aralashishga harakat qilishning ham sababi ana shunda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан