Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh va Rossiya elchilari BMT Xavfsizlik kengashida dahanaki jangga kirishib ketdi
1.02.2022 16:03,  
878

Amerika Qo‘shma Shtatlarining BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild va Rossiya Federatsiyasi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya o‘rtasidagi dahanaki tortishuv so‘nggi yillardagi «eng jiddiysi», deb baholanmoqda. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, amerikalik elchining Rossiya haqidagi so‘zlari Nebenzaning keskin so‘zlar aytishiga sabab bo‘lgan. Grinfild ta’kidlaganidek, Rossiya asossiz ravishda G‘arb mamlakatlari va Ukrainani agressorlar sifatida gavdalantirmoqda va shu bilan qo‘shni mamlakatga hujum qilish uchun bahona qidirmoqda. 

Bunga javoban, Rossiya vakili Vashingtonni mintaqada vaziyatni tanglashtirishga xizmat qilayotgan hamda Moskvaning hujumi haqidagi yolg‘on bayonotlari bilan qasddan fitna uyushtirmoqda. 

«Siz bu qachon sodir bo‘lishini kutyapsizmi? Go‘yoki, so‘zlaringiz haqiqatga aylanishini istayotgandek ko‘rinasiz», — deya g‘azabini sochgan Nebenzya. U, shuningdek, aynan Amerika sa’y-harakatlari bois, endilikda, Ukrainani «natsistlar» boshqarmoqda. Bunda G‘arb «Gitler tomonida jang qilganlarni qahramonlar»ga aylantirishga urinmoqda. 

Umuman olganda, The Washington Post nashri yozishicha, AQSh va RF vakillari o‘rtasidagi dahanaki jang Ikkinchi jahon urushidan boshlab, sovuq urush davri, undan keyingi 10 yilliklar mobaynida to‘planib kelgan tarixiy faktlar bilan to‘lib toshgan edi. Garchi, tomonlar muammoni diplomatik yo‘l bilan hal etishlarini aytayotgan bo‘lsa-da, hozircha, hech kim yonberishga tayyorligini namoyish etganicha yo‘q. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан