Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda ikki yoshli bola ota-onasini to‘pponcha bilan otib qo‘ydi
15.05.2021 14:45,  
402

AQShning Men shtatida ikki yoshli bola o‘zining ota-onasini otib qo‘ydi. Bola qurolni uydan topib olgan. Erkak va ayol shifoxonaga yotqizildi, deb yozmoqda WGME.

«Bola qanday qilib qurolni olib, ota-onasini otib tashlagani jiddiy xavotirga sabab bo‘lmoqda va tergov jarayonlari olib borilmoqda», — dedi huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari.

Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bolaning 22 yoshli onasi oyog‘idan, 25 yoshli otasi boshining orqa qismidan yengil jarohat oldi. O‘qotar qurol yuziga urilishi natijasida bolaning o‘zi ham jarohatlandi.

Shifokorlar jabrlanganlarni tekshirib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatganidan keyin oilaning uyga ketishiga ruxsat berildi.

Tergovchilar o‘qotar qurolning ochiq joyda turganini va shu paytda uyda yana bir go‘dak ham bo‘lganini aniqladi.

 

Manba.Daryo.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан